Яккасарой

Yakkasaroy tumani hokimiga Taekwon-Do ITF bo‘yicha qora belbog‘ topshirildi

Bugun Yakkasaroy tumani hokimligida sport va yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, O‘zbekiston Taekwon-Do (ITF) Milliy Assotsiatsiyasi Prezidenti Laziz Xasanov hamda hokimlik rahbar xodimlari иштирок этди.

Uchrashuv davomida tumanda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy chiniqishi va ma’naviy kamolotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar муҳокама қилинди. Таъкидланганидек, спорт аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш, айниқса ёш авлодни ҳар томонлама баркамол этиб тарбиялашда муҳим омил ҳисобланади.

Shuningdek, sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish ва ommaviy sportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ишлар юқори баҳоланди.

Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston Taekwon-Do (ITF) Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan Nilufar Allabergenova ga sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi ulkan hissasi uchun Taekwon-Do ITF bo‘yicha qora belbog‘ IV dan tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu e’tirof Yakkasaroy tumanida sportni rivojlantirish borasidagi samarali ishlarning amaliy natijasi sifatida baholanmoqda hamda kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.