Konferensiyasi
01 fevral 2025 yil Toshkentda shaxrida Oʻzbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan “Daniel Hil Hotel” mehmonxonasi konferens zalida oʻtkazilgan Konferensiyada koʻrilgan asosiy masalalardan biri – bu assotsiatsiyaning 2024-yildagi faoliyati sarhisobi boʻldi. Shuningdek, tadbir doirasida hududlarda amalga oshirilgan ishlar 2024 yil noyabr oyida Toshkent sharida bo'lib o'tgan Jahon Kubogida umum jamoa hisobida 1 o'rin olinganligi va 2025 yilda ushbu natijalarni davim ettirish yuzasidan viloyat boʻlimlarining rahbarlari ham hisobot taqdim etishdi.
Konferensiyada dastlab Oʻzbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi rahbari L.Xasanov 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.
Qolaversa, Konferensiyada assotsiatsiyaning hududiy boʻlimlari rahbarlari hamda assotsiatsiya vitse-prezidentlariga 2024-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi. Xususan, taekvondo ITF bilan muntazam shugʻullanayotgan sportchilarning sonini hozirgi kunda mavjud 14 ming nafardan 2025-2026-yillarda 50 ming nafarga oshirish vazifasi yuklatildi.
Bundan tashqari, milliy terma jamoa bosh murabbiyi D.Pak 2025-yilda boʻlib oʻtadigan 20-27 avgust kunlari Jahon Chempionati(Italya) hamda Osiyo Kubogi (Chimkent) uchun tarkibni yangidan shakllantirish va yanada kuchaytirish yuzasidan vazifalar yuklandi.
Yigʻilish yakunida assotsiatsiya raxbari L.Xasanov tomonidan, assotsiatsiyaning 2025-yil uchun rejalashtirilgan ishlari bilan tanishtirdi va bu borada viloyat boʻlimi rahbarlari, vitse-prezidentlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Taekwon-do.uz