Navbatdagi hamkorlik

Navbatdagi hamkorlik

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda O‘zbekiston Taekwon-do ITF milliy assotsiatsiyasi o'rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Bunda, O‘zbekiston Taekwon-do ITF milliy assotsiatsiyasi prezidenti L.Xasanov va Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori S.Maxmudova Memorandum doirasida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻzaro fikrlar almashib, quyidagi kelishuvga erishdilar:

✔️ 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi (sport) yoʻnalishini rivojlantirish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida to‘garaklar tashkil etish;

✔️Hamkorlikda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar rejasi va dasturini ishlab chiqish;

✔️ O‘zbekiston Taekwon-do ITF milliy assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro va mintaqaviy sport musobaqalarida “Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak a’zolari ishtirokini ta’minlash;

✔️ Sport musobaqalarini birgalikda tashkil etish va o‘tkazish;

✔️O‘zaro kelishuv bo‘yicha hamkorlik qilish.

Memorandum bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni bizning internet sahifalarimizda kuzatib boring!