O‘zbekiston Kubogi 27-28 noyabr

          Joriy yilning 27-28-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida taekvondo ITF bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi va hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tkazilgan musobaqada 2500 nafardan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.Sportchilar musobaqada taekvondo ITFning shaxsiy massogi va jamoaviy massogi yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bahslashdilar va unda xalqaro arenada termamiz sharafini munosib himoya qiluvchi sportchilar saralab olindi.Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi 1-o‘rinni, Buxoro viloyati jamoasi 2-o‘rinni, Toshkent shahri jamoasi sportchilari esa 3 o‘rinni band etishdi.Maʼlumot uchun, terma jamoani oldinda 11-19-dekabr kunlari Belorussiyaning Minsk shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionati kutib turibdi.