Чемпионат Мира +Кубок Мира

vakillarimiz Jahon chempionati va kubogidan shoda-shoda medallar bilan qaytishmoqda
Avval xabar berganimizdek, shu yilning 13-17-dekabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida taekvondoning ITF yoʻnalishi boʻyicha 14-17 yoshli oʻsmirlar hamda faxriylar oʻrtasida 55-jahon chempionati oʻtkazildi. Quvonarlisi, unda oʻzbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etishdi.
Ushbu nufuzli musobaqadan Oʻzbekiston taekvondo ITF assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanov boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegatsiyasi shoda-shoda medallar bilan qaytishdigan boʻldi.
Quyida jahon chempionatida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Oltin medal sohiblari:
Tul bahslari boʻyicha:
1. Li Vladimir – III DAN qora belbogʻ sohibi,
2. Zoitov Muzaffar – IV DAN qora belbogʻ sohibi,
Kumush medal sohiblari:
1. Gʻofurova Nozima – 16-17 yoshlilar orasida -40 kg vazn toifasida,
2. Xolbekov Bahodir – massogi bahslarida -73 kg vazn toifasida,
Jamoaviy tul bahslarida 14-17 yoshlilar orasida:
Kim Yevgeniy, Chetverikov Aleksandr, Pak Vladislav, Pak Vyacheslav, Li Vladimir, Day Lun,
Bronza medali sohiblari:
Tul bahslari boʻyicha:
Xolmurodov Muhammadjon – 16-17 yoshlilar orasida -63 kg vazn toifasida,
Chetverikov Aleksandr – 14-15 yoshlilar orasida -65 kg vazn toifasida,
Xolbekov Bahodir – IV DAN qora belbogʻ sohibi,
Abdulhamidova Ziyodaxon – II DAN qora belbogʻ sohibi,
Kim Yevgeniy – 16-17 yoshlilar orasida II DAN qora belbogʻ sohibi,
Jamoaviy massogi bahslarida 16-17 yoshlilar orasida:
Kim Yevgeniy, Pak Vladislav, Pak Vyacheslav, Gʻaybullayev Firdavs, Xolbekov Muhammadjon, Babayev Alibek.
Shuningdek, 17-20-dekabr kunlari oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Jahon kubogi ham aynan Belarus poytaxti Minsk shahrida oʻtkazildi. Unda 64 nafar sportchimiz ishtirok etdi. Jahon kubogida sportchilarimiz 21ta oltin, 15ta kumush va 20ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi va umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egallashdi.
2022 yilda Argentinada Jaxon Kubogi, 2022 yil avgust oyida Xidistonda Osiyo Chempionati bo ‘lib o ‘tadi.